QO`LLASH BO`YICHA YO`RIQNOMA
Magno Vit kids
ICHGA QABUL QILISH UCHUN SIROP
TARKIBI:
5 ml siropdagi faol moddalar:
Magniy (magniy oksid shaklida)………….……..50 mg
Piridoksin Gidroxlorid (vitamin B6)…………….1,2 mg
Tiamin Gidroxlorid (vitamin B1)…………………1 mg
Sianokobalakim (vitamin B12)……………………0,5 mg
Askorbin kilotasi (vitamin C)…………………….10 mg
Yordamchi moddalar:
Tozalangan suv, maltodekstrin, sorbitol (suyuq)
Kaliy sorbati, limon kislotasi, suyuq olma ekstrakti (yoki bir qator quritilgan mevalar ).
PREPARATNING TA`SIRI:
Magniy – organism hujayralarini energiya bilan ta`minlash, fermentlarni faollashtirish uchun muhim element, modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi va qonda glyukoza darajasini stabillashtiradi. Kalsiy va B gurux vitaminlarning o`zlashtirilishida ishtirok etadi. Suyaklarning mustahkamligini oshiradi – kalsiy va kaliyning organizmdagi membranalarga o`tishda muhim rol uynaydi. Magniy tanqisligi yoki magniy etishmovchiligi – bu asabiylashish, vaxima xurujlari, giprtenziya, dipressiya, buyrak va jigar kasalliklari, suyaklar bilan bogliq muammolar, yurak kasalliklari, 2 tip qandli diabed va osteaporozga olib kelishi mumkin bo`lgan xolat.
Vitamin B1 – Almashinuv Jarayonlarida ishtirok etadi, asab tizimining normal faoliyatiga yordam beradi, hissiy va kognitiv jarayonlar bilan bogliq miya faoliyatini yaxshilaydi.
Vitamin B6 – Asab tizimining metabolizmini boshqarishda ishtirok etadi, shuningdek oshqozon-ichak yo`lidan magniyning so`relish va uning xujayralarga kirib borishini yaxshilaydi.
Vitamin B12 – asab, qon oqish tizimning va oshqozon-ichak trakti funksiyasining me`yorida ishlashga yordam beradi. Miyaning me`yorida xissiy va kognitiv (bilish) funktsiyasi B12 vitamininig maqbul darajasiga bog`liq.
Vitamin C – suvda eriydigan vitamin va antioksidant, immun tizimining ximoya xossalarini oshiradi, kollagen sintezida sintezida ishtirok etadi, qizil qon hujayralari, suyak va tuqimalarni shakillantiradi, milk va qon tomirlarini mustahkamlaydi va ovqatdan temirni o`zlshtirishga yordam beradi.
QO`LLANISH BO`YICHA KO`RSATMALAR:
- Organizm uchun muhim moddalar organizmning sutkalik ehtiyojlarini belgilaydigan xalqaro normalarga to`g`ri keladigan dozalardagi magniy, B1, B6, B12 vitaminlari va Cvitamining qushimcha manbai:
- Yomon uyqu , diqqatni jamlay olmaslik:
- Jahldorlik , yuqori darajada tez ta`sirchanlik:
- Kayfiyatning keskin o`zgarishlari, yigloqilik, bezovtalik:
- Mushaklar va yumshoq to`qimalarda sanchiq his qilish:
Magniy elementiga ehtiyoj yuqori bo`ladigan holatlarda (homiladorlik, stress, to`yib ovqat emaslik) yoki uning organizmdan ko`plab chiqarilishida (piyelonefrit, siydik haydovchi preparatlar qabul qilinganda) magniy tanqisligi rivojlanishining oldini olish.
QO`LLANISH BO`YICHA TAVSIYALAR:
Bolalarga: 1 yoshgacha 1 kichik ulchov qoshiqchadan kuniga 1 marta ovqat vaqtida (2,5 ml)
1 yoshdan 3 yoshgacha 1 katta o`lchov qoshiqchadan kuniga 1-2 marta ovqat vaqtida (5 ml)
3 yoshdan 6 yoshgacha 1 katta o`lchov qoshiqchadan kuniga 2-3 marta ovqat vaqtida (10 ml)
6yoshdan 12 yoshgacha 1 katta o`lchov qoshiqchadan kuniga 3 marta ovqat vaqtida (15 ml)
Kattalar va 12 yoshdan kata bolalarga 1 katta ulchov qoshiqdan kuniga 4 marta (20 ml)
Homiladorlik va emizukli ayollar mutaxassis bilan maslaxatlashgandan so`ng va uning nazorati ostida qabul qilish mumkin.
Preparatni qabul qilsh davomiyligi 1 oy.
Foydalanish oldidan yaxshilab chayqating.
QARSHI KURSATMALAR: Preparat komponentlariga individual ta`sirchanlik.
NOJO`YA TA`SIRLARI: Preparatning bitta yoki bir nechta koponentiga individual ta`sirchanlik hollarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak yo`lining dispepsik buzilishlari bo`lishi mumkin.
ALOXIDA KO`RSATMALAR: Qo`llanishidan oldin vrach bilan maslaxatlashish zarur.
QADOQLANISHI: Flakonlarga 100 mldan quyilgan sirop karton qutiga o`lchov qoshiqchasi, yo`riqnoma bilan birga joylanadi.
SAQLASH SHAROITI: 250C dan yuqori bo`lmagan haroratda quruq, yoruglikdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Ochilganidan so`ng sovutkichda saqlash va qabul qilish rejimiga muvifiq tanaffussiz qo`llanish kerak.
DORIXONALARDAN BERILISH SHARTI: Preparat dorixonalardan retseptsiz beriladi.
YAROQLIK MUDDATI: 2 yil
ISHLAB CHIQARUVCHI: MCHJ “STRONG MEGIC”, Toshkent shaxar, yakkasaroy tuman, tafakkur 3-28
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.