QO`LLASH BO`YICHA YO`RIQNOMA
Multi Maks sashe 2gr
ICHGA QABUL QILISH UCHUN SASHE
Tarkibi (2gr granula tarkibida):
Faol moddalar:
Kalsiy sitrat ……………………………………………..1100 mg
fitin…………………………………………………………….45 mg
magniy karbonat………………………………………..100 mg
glutamin kislotasi…………………………………………33 mg
vitamin C (Askarbin kislotasi) ………………………60 mg
vitamin D3……………………………………………..3000 E.D
sink oksid……………………………………………………30 mg
Yordamchi moddalar: natriy sorbit, aromatizator
(apelsin va banan).
Farmakologik xususiyatlari:
-Kalsiy sitrat – suyaklarning shakllanishi, qon bosimini nazorat qilish va qon ivishida ishtirok etadi. Suyaklar, tishlar paydo bo`lishiga yordam beradi, suyaklar zichligini oshiradi, terining sog`lom bo`lishini ta`minlaydi. Osteoporoz xavfini kamaytiradi. Asab va mushak tizimlarining normal ishlashiga yordam beradi.
-Vitamin D3– skeletning shakillanishida ishtirok etadi, suyaklar tuzilishini saqlashga yordam beradi, ichakda kalsiyning so`rilishini va buyrak naychalarida fosforning reabsorbtsiyasini oshiradi.
-Magniy karbonat – kalsiyning so`rilishini oshiradi, suyaklarning o`sishi va minerallanishiga ta`sir qiladi, kalsiy oksalat toshlarining shakllanishiga to`sqinlik qiladi.
-Glutamin kislotasi – bu aminokislotalarning organizmdagi transaminatsiyasiga, oqsil va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan, oksidlanish jarayonlarini rag`batlantiradigan, amiakni tanadan zararsizlantirish va chiqarishga yordam beradigan va organizmning gipoksiyaga chidamliligini oshiradigan aminokislota. Atsetilkolin va ATP sintrzini, kaliy va ionlarining o`tkazilishini rag`batlantiradi, skelet mushaklari faoliyatida muhim rol o`ynaydi. Glutamin kislotasi – bu markaziy asab tizimining snapslarida qo`zg`alish uzatilishini rag`batlantiradigan neyrotransmitter aminokislotasi.
-Askarbin kislotasi – bolalarga immunitet va ishtaxani oshirish uchun.
Qo`llanish uchun ko`rsatmalar:
Tog’ay to’qimasining regenerasiyasini yaxshilash, organizmda kalsiy va vitamin D ning yetishmovchiligini bartaraf etish, suyak to’qimasida kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga solish maqsadida kalsiy va vitamin D ning qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Fontanellarning birlashishi, tishlarning paydo bo’lishi va chaqaloqlarning shakllanishini rag’batlantiradi. Yigit va o’smirlarda suyak to’qimasining o’sishini oshiradi.
Qo`llash usuli va davolash tartibi:
1 ta sashe ichidagi granulani 30-50 ml suvga eritib aralashtirib va tayyorlangandan keyin darxol ichish tavsiya etiladi.
Yangi tugilgan chaqaloqlarda va 7 yoshgacha bulgan bolalarga bir kunda 1 ta paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
7 yoshdan kata bolalar va kattalar uchun bir kunda 2 paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
Qabul qilish kursi 4-6 xafta
Nojo`ya ta`siri: Kam hollarda oshqozon-ichak traktining buzilishi.
Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar: Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz.
Chiqarish shakli: 2gr granula sashe paketda 15 dona va foydalanish ko`rsatmasi bilan karton qutiga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti: Quruq, yorug`likdan himoyalangan joyda (namlik 70% dan yuqori bo`lmagan) va bolalar ololmaydigan joyda +250C dan baland bulmagan haroratda.
Yaroqlik muddati: 2 yil. Qadoqda ko`rsatilgan yaroqlik muddati o`tgandan keyin ishlatmang.
Dori vositasi emas. BFQ.
Ishlab chiqaruvchi: “STRONG MEGIC” MCHJ yuridik manzil: Toshkent sh, Tafakkur ko`chasi, 3/28
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.